1xbet bukmekeri haqida, u halol o’yinmi?

1xbet tarixi va u haqida qisqacha tushuncha

1XBET bukmekeri (totalizatori) o’z ishini 2007 yil boshladi va darxol misli ko’rilmagan o’sish tezligini ko’rsatdi. Oddiy stavka qabul qiladigan bozorchadan 1XBET bahaybat Bukmekerga aylandi. Hozirda faoliyati borasidagi tegishli litsenziyalar asosida СНГ va jahonning 50 dan ortiq davlatlari ichida juda ommabop bo’lib tarqalgan vaqt ovunchog’idir. Undagi asosiy mezon bu sport o’yinlari ichida har-xil voqeliklarga pul tikishdir. Unga asosan elektron to’lov tizimlari orqali hisob to’ldiriladi. Undan tashqari ayrim davlatlarda naqd pul tikib o’ynash imkoniyatlarini yaratuvchi 600 tadan dan ziyod bo’lgan rasmiy 1xbet totalizator markazlari ham tashkil etilgan. Uning mobil ilovasi ichida joylashtiriladigan o’yinlarning ko’pida joriy o’yinlarga real onlayn translatsiyalar ham joylashtirilgan bo’lib, natijalar uchun pul kiritgan kishilar o’yin holatini kuzata oladilar.

Oson pul topish

Hech kimga sir emaski aksariyat kimsalar mehnatga kuch sarflashlarsiz o’tirib pul topish istagida yonadilar, 1xbet bundaylar uchun ayni muddao yechimdir, bu esa faqatgina ularning fikri holos. Tasavvur qiling chiroyli kiyimlarda yurasiz, qo’lingiz chang ko’rmaydi, hayotingiz har dami faqat rohat-farog’atda o’tsa. Ishlab pul topish muammolari sizni umuman bezovta qilmasa. Hayotingiz to’kin-sochinlik bilan iborat bo’lsa. Albatta bu yoqimli holat, lekin yuqorida ko’zda tutilgan bunday hayot muhitini halol mehnat bilan rizq topib amallasa ham bo’ladiku. Qaytanga halol mehnat bilan qurilgan hayot imoratlari yanada mustahkam ishonch ostida barpo etiladi. Insonda hayotning va boshqa kishilarning qadriga yetishdek insoniy muqaddas tuyg’ulari shakillanadi.

1xbet o’ynash va unda yutilgan pullar halolmi?

Bu o’yin haqidagi salbiy tushunchalar bisyor 1xbet pul topish bizning mintalitetimizga aslo to’g’ri kelmaydi. Qolaversa Islom dinida ham bandalarining bir birlarining molida ham jonida ham haqqi yo’q ekanligi ko’p takidlangan. Biz fikr yuritish chog’ida o’zimizning holatimizdan ko’ra o’zga haqida ozgina chuqurroq fikr yuritsak yaxshi menimcha. O’zingiz bir o’ylab ko’ring,

  • siz pul tikib yutgan chog’ingizda ham sizni yutug’ingizni o’sha faoliyat bilan shug’ullanuvchi kompaniya beryaptimi?

Yo’q albatta, u yerdagi sizning yutug’ingiz kimlarningdir mag’lubiyati!!!

Yani birovning haqqini olyapsiz. Yutkazayotgan insonning holati sizga ayonmi? Yo’q, siz hattoki u insonning aqliy faoliyati, oilaviy ahvoli haqida ham bilmaysiz. Qayerdan bilasiz, balki kimdir o’zi uchun kerakli va qadrli narsasini sotib pulini tikgandur.

1xbet o’yini HALOL EMAS !!!

  • Siz yutkazayotgan pullarchi, uni ham maqoladagi mavzu egasi qaytarib beradimi?

Yo’q, hech qachon.

Bir narsa haqida ozgina mulohaza qilishingizni so’ragan bo’lardim. Siz ishlab topayotgan pullarning barchasini o’zingizni rizqingiz ekanligini ishonch bilan takidlay olasizmi? Balki farzandingiz, balki ota-onangiz yoki boshqa bir yaqiningiz rizqini ham sizning dastu-koringizga berayotgandur. Dunyoda inson uchun hamma narsadan ham qadrli narsalardan biri bu oiladir. Oilangiz rizqini qiymang.

1xbet o’yini HALOL EMAS!!!

1xbek kontorasining foydasi qayerdan?

Shuni bilingki 1xbet tizimidagi barcha hodisalar uchun belgilanadigan yutuqlar qiymati juda ham teranlik bilan ishlab chiqilgan va paralell holatda ish olib boradi. Tizimda pul tikkan qatnashuvchiga yutuq summasining 3% tigina beriladi. Sport musobaqalari voqeliklariga pul tikish paytidagi eng katta qiziqish ularning kofisentlari hisoblanadi. Bir e’tibor berib qarangda, nima uchun sport musobaqalarida kuchli sport jamoasi uchun yutuq kofisentlari miqdori past belgilanadi? Chunki hamma ham katta yutuqqa erishishni hohlaydi va kuchsiz yutkazish ehtimoli katta bo’lgan lekin yutuq kofesenti yuqori jamoa uchun pul tikadilar. O’yinning real vaqtida pul tikish imkoni bo’lgani sabab o’yin davomidagi yutuq kofisentlari ham o’zgarib turadi. Huddi yuqorida nazarda tutilgan metod miqiyosida.

1xbet foydasiga nazar va uning cheksizlikka intilgan ajoyib marketing metodikasi.

1xbet tizimi sport o’yinlaridan tashqari undagi hisob to’ldirilishi va foydalanuvchining boshqa harakatlari uchun real yutuqli aksiyalar o’tkazib keladi. Pastdagi rasmlarda ularning aksiyasi va aksiyaga qo’yilgan yutuq suratlarini joylashtirdik.

qarang uyishtirilgan aksiyasi uchun birinchi o’ringa BMW X7 avtomobilini qo’ymoqda.

keyingi o’rinlar uchun esa komputer telefon va tizimdagi yutuqli ballar.

ushbu yutuqlar har kunlik uyishtirilgan turnir mukofotlaridir. Davom etamiz.

zamonning eng so’ngi modeldagi telefon apparatlarini kimni ham befarq qoldirishi mumkun?!

Yuqoridagi yutuqli imkoniyatlar va belgilangan yutuqlarga havas bilan qaraganlar ham bo’lsa kerak albatta. 1xbet tizmida yutilgan pullar qiymatidan sovrindorlarga atigi 3%i gina berilsa, endi qarang, aksiyalarga qo’yilgan yutuqlarni 1xbet tizimi ma’muriyatlari tomonidan berilar ekan demak ularning ham kunlik foydasi BMW X7 ning 97 barobaridek ekanda?!

Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz.

Maqola va matn muallifi: Shohjahon Mahammadjonov

E’tiboringiz uchun tashakkur!!!

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...