Routerda internet tezligiga tegishli omillar.

“The Sun” jurnalistlari internet tezligini oshirishning sakkiz usulini sanab oʻtishdi. Ularning fikricha, maʼlumotlar uzatish tezligiga koʻp narsalar taʼsir qiladi.
Yaʼni router tevaragidagi narsalardan tortib, dasturiy taʼminotdagi muammogacha.
Birinchi usul eng oddiysi: brauzerning keshini tozalang!
Qolganlari quyidagilar:
1. Brauzerni doim yangilab turing.
2. Kompyuterdagi viruslar internet tezligini susaytiradi, qurilmani ulardan tozalab turishni kanda qilmang.
3. Fon tartibida ishlayotgan ilovalarning (masalan, “Telegram”) tezlikni kamaytirishdagi “hissasi” kam emas. Shunga oʻxshash dasturlarning oʻchib-yoqilishini “Vazifalar boshqaruvchisi” (“Dispetcher zadach”) orqali doim nazorat qilib boring.
4. Routerni iloji boricha balandroqqa joylashtiring — shunda signal butun xonani qamray oladi.
5. Routerni deraza oldiga qoʻymang — signalingiz qoʻshni xonadonlarga oʻtib ketadi.
6. Routerni akvarium oldiga qoʻyish ham tavsiya etilmaydi — suv signalni yutadi.
7. Wi-FI parolingiz juda ishonchli boʻlsin, shunda tarmoqqa sizdan boshqa hech kim ulana olmaydi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *