Tushda aksa urish, (chuchkurish) | Тушда акса уриш (чучкуриш)

ATSA Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida aksirib, ortidan Al-hamdu lillah deganini ko‘rsa, bemor bo‘lsa, tabibga ehtiyoj tushishga dalildir. Agar sog‘lom bo‘lsa, kimdir uning hojatini chiqarishiga dalildir. Agar tushida uch marta aksirganini ko‘rsa, yaxshilik va xurramlikka dalildir. Agar ko‘pgina aksirganini ko‘rsa, maqsadi qiyinchilik bilan yuzaga chiqishiga dalildir. Agar aksirganini va burnining suvi qaytib ketayotganini ko‘rsa, oilasida farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar aksirgani va burun suvi oqib ketayotganini ko‘rsa, unga yomon so‘zlar aytilishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida osonlik bilan aksirganini ko‘rsa, mol osonlik bilan qo‘liga kirishiga dalildir. Agar qiynalib aksirganini ko‘rsa, molni qiyinlik bilan qo‘lga kiritishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *