Tushda balandga chiqmoq | Тушда баландга чикмок

BALANDGA ChIQMOQ (BOLO RAFTAN) Muhammad ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar har kim tushida tog‘ ustida o‘tirgan bo‘lsa, tom yoki ko‘shk va shunga o‘xshash narsalar ustida o‘tirsa yoki ular tomon yuqori ko‘tarilsa, izlagan narsasini topishi va hojatlari ravo bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, qiyinchilik bilan balandga chiqayotganini ko‘rsa, qidirayotgan narsasi mashaqqat va qiyinchilik bilan qo‘lga kelishini bildiradi. Agar narvondan yuqori ko‘tarilayotganini ko‘rsa, dinda obro‘ topishiga dalil bo‘ladi. Agar narvon ganch yoki toshdan ekanini ko‘rsa, dinda nuqson bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, ganch va toshdan qilingan narvondan yuqori ko‘tarilayotganini ko‘rsa, bu dunyoda izzat va ulug‘lik topishini bildiradi. Agar narvonning xom g‘ishtdan yoki loydan qilinganini ko‘rsa, u dunyoda obro‘-e’tibor topishiga dalolat qiladi. Agar osmonga ko‘tarilganini va yana qaytib, yerga tushmaganini ko‘rsa, ajali yaqin qolganiga dalildir. Agar osmonga ko‘tarilib, yana qaytib tushganini ko‘rsa, qattiq bemor bo‘lishi, oxiri shifo topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadilarki, tushida yuqoriga ko‘tarilmoq beshta narsani bildiradi: hojatlar ravo bo‘lishini; xotin olishini; ulug‘lik va yaqinlikni; maqsadga yetishishni va ishlarning yuqorilashuvini.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *