Tushda biqin | Тушда бикин

BIQIN (PAXLU) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, biqin tushda ayol bo‘ladi. Agar chap biqinini shishganini ko‘rsa, xotini va kanizagi baravariga homilador bo‘lishlariga dalildir.
Agar biqinining qizarganini, qonli bir parcha go‘sht biqinidan ajrab turganini ko‘rsa, ayolining bola tashlashini bildiradi. Agar ikki qo‘lini biqiniga qo‘yib turganini ko‘rsa, qattiq g‘am yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar har kim biqin suyagini shishganini ko‘rsa, otasi, onasi yoki xotinidan g‘am va anduh yetishiga dalolat qiladi. Agar chap biqinining terisi ajrab yerga tushganini ko‘rsa, moli va oilasi nobud bo‘lishiga dalildir. Agar har ikki biqinining sarg‘ayib ketganini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar biqinining teshilib qolganini va undan gavhar yoki marvarid chiqqanini ko‘rsa, olim va dono farzand tug‘ilishini bildiradi. Agar biqini katga va kuchli bo‘lib qolganini ko‘rsa, dini soz, oilasi quvvatli bo‘lishini bildiradi. Agar biqinining kichik va zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, ta’biri yuqorida aytilganning aksi bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi biqinlar ayollarga dalolat qiladi. Chunki ayollar erkaklarning biqinidan yaratilgandir. Demak, biqinda ko‘ringan har qanday yaxshilik va yomonlikning ta’biri ayollarga taalluqli bo‘ladi. Agar biqinlari ko‘payib ketganini ko‘rsa, shu biqin miqdoriga muvofiq ayollar va kanizaklari ko‘payadi. Agar biqinidan ilon chiqqanini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadilarki, tushda biqin ko‘rmoq beshta narsaga dalildir: xotinga; qizga; kanizakka; xodimga va xonadonida bo‘lgan qariya kampirga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *