Tushda bodom | Тушда бодом

BODOM Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, bodom tushda ne’mat va rizq bo‘ladi, biroq xusumat bilan qo‘lga kiradi. Agar bodom yig‘ib olganini ko‘rsa, bodom mikdoriga qarab, unga ne’mat va rizq yetadi, ammo qiyinlik bilan yetadi. Ta’birchilarning aytishlaricha, bodomning ta’biri bu ilm va qiyinlikdan qutultiradigan shifo bo‘ladi, mag‘zini ko‘rsa, yana yaxshiroq bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, bodomni po‘sti bilan ko‘rsa yoki birov unga bersa, bahil odamdan qiyinlik bilan biror narsa oladi. Achchiq bodom mag‘zidan yog‘ olayotganini ko‘rsa, chiqargan yog‘i miqdoricha baxil odamdan foyda ko‘radi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda bodom ko‘rish molu ne’mat bo‘ladi, ammo bodomni po‘sti bilan ko‘rsa, molni biroz ranj va zahmat bilan topadi. Bodomni po‘stsiz ko‘rsa, molni osonlik bilan qo‘lga kiritadi.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning marhamat qilishicha, tushda bodom ko‘rsa, ikki narsaga belgidir: birinchi — yashirin mol hosil bo‘lishiga; ikkinchi — bemorlikdan shifo topishiga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *