Tushda bug’doy | Тушда бугдой

BUG‘DOY (GANDUM) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bug‘doy odamlarga qiyinchilik bilan yetadigan halol moldir.
Tushida bug‘doy yeganini ko‘rsa, solih va dindor bo‘lishiga dalildir. Agar bug‘doyning pishirilganini yesa, g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Tushida og‘zidan to qornigacha quritilgan bug‘doy bilan to‘la ekanini ko‘rsa, umri oxiriga yetganini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida bug‘doy boshoqlarini yeganini ko‘rsa, o‘sha diyorda qattiq ocharchilik bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Shoh dedi: Men tushimda yettita ozg‘in sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga boshqa (yettita) qurigan boshoqlarni ko‘rdim. . . (Yusuf surasi, 43-oyat). Tushida bug‘doy sepayotganini ko‘rsa, X,aq subhonahu va ta’olo o‘sha diyorda g‘alla narxini arzon qilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bug‘doy uch narsani bildiradi: hokimlikdan tushishni; ko‘mak va g‘ariblikni.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida qizdirilgan bug‘doy yeganini ko‘rsa, hech qanday foyda topmasligiga dalildir. Tushida bug‘doyni o‘z vaqtida o‘rib olayotganini ko‘rsa, ko‘p molni qiyinchilik bilan qo‘lga kiritishiga dalildir. Tushdagi bug‘doyfurush dunyoni dindan ustun qo‘yuvchi kishidir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *