Tushda bulbul | Тушда булбул

BULBUL (HAZORDOSTON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bulbul xushovoz va shirin so‘z farzand bo‘ladi, biroq holi zaif bo‘ladi, ilmu adab va bilim sohibi, odamlar uchun
sevimli bo‘ladi. Tushida bulbul sovg‘a qilganlarini ko‘rsa, aytilgan sifatdagi farzand tug‘ilishiga dalildir. Tushida birorta bog‘dan bulbul tutib olganini ko‘rsa, xushxulq va yaxshi so‘zli kishi bilan uchrashuv yuz berishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bulbul xushovoz xotin bo‘ladi. Tushida bulbul sotib olganini ko‘rsa, xushovoz kanizak sotib olishiga dalildir. Tushida qo‘lidagi bulbul uchib ketganini ko‘rsa, xotiniga taloq berishiga dalildir. Agar qo‘lida bulbulni o‘lib qolganini ko‘rsa, farzandi yoki g‘ulomining o‘lishiga dalil bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bulbul farzand, shirin so‘z va yoqimli ovoz bo‘ladi. Agar ko‘pgina bulbullarga ega bo‘lganini ko‘rsa, ularning mikdoriga muvofiq g‘ulomlar sotib olishini bildiradi. Agar bulbullarni so‘yib, go‘shtidan yeganini ko‘rsa, g‘ulomi meros topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bulbul besh narsani bildiradi: xotinni; farzandni; qozini; hakimni va xizmatkorni.

Shohjahon Mahammadjonov

Everything will be ok!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

12 + один =