Tushda burjlar | Тушда буржлар

BURJLAR Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, Hamal, Qavs va Asadni ko‘rsa, podshoh lashkariga dalil bo‘ladi. Savr, Sunbula va Jadiy podshohning o‘g‘liga dalildir. Javzo, Mezon va Dalv qozi va podshohning sohibi tadbirlariga dalildir. Saraton, Aqrab va Hut podshohning sharobdoriga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, kimki Hamalni tushida ko‘rsa, mo‘’tabar bir kishi bilash ish yuzasidan uchrashuvi va uning hojatini ravo qilishiga dalildir. Agar Savrni tushida ko‘rsa, johil va nodon odamga ishi tushishi va ishi hojati ravo bo‘lishiga dalildir. Agar Javzoni ko‘rsa, usta va tili ravon odamga ishi tushishi va hojati ravo bo‘lishiga dalildir. Agar Saratonni ko‘rsa, beasl odamga ishi tushishi va hojati ravo bo‘lishi, ulug‘lik va izzat topishiga dalildir. Agar Sunbulani ko‘rsa, bevafo bir ziroatchiga ishi tushishi va murodi hosil bo‘lmasligiga dalildir. Agar Mezonni ko‘rsa, qoziga ishi tushadi va bergan va’dasiga vafo qiladi. Agar Aqrabni ko‘rsa, dushman bilan yoki badkor bir buzuq ayolga ishi tushishi, zahmat topishi va g‘amga tushishiga dalildir. Agar Qavsni ko‘rsa, bir harbiy kishiga ishi tushishi va hojati ravo bo‘lishi va xalq uni do‘st tutishini bildiradi. Agar Hutni ko‘rsa, bir g‘arib, soddadil, andishali, mehribon va kamsuxan kishiga ishi tushishi va hojati ravo bo‘lishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *