Tushda vazir | Тушда вазир

VAZIR (VAZIR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi vazir podshoh uchun yaxshi ishdir. X,ar kim tushida vazir bo‘lib qolganini, insofli va odil ekanini ko‘rsa, o‘zining insofli va adolati miqdorida ulug‘lik va izzat topishini bildiradi.
Agar vazir tushida gilam yoki palos yoyganini ko‘rsa, uning uchun izzat, mol va ne’mat farovon bo‘lishiga, umri uzoq bo‘lishiga dalildir. Tushida vazir chopon va bosh kiyimi berganini ko‘rsa, odamlar uni hokim qilishiga dalildir. Tushida vazir uning uyiga kelganini ko‘rsa, podshoh sababli unga g‘amu anduh yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida vazir bilan taom yeganini ko‘rsa, undan izzat va ulug‘lik topishiga dalildir. Tushida vazirning uyi qulab ketganini, bemor bo‘lganini, podshoh uni ishdan olganini, ot yiqitib yuborganini, sigir shoxi bilan suzib yuborganini ko‘rsa, bularning hammasi uning ishdan ketishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda vazirni ko‘rish to‘rt narsaga dalildir: ko‘zi oy va quyoshning ko‘ziga aylangan bo‘lsa; ko‘zi Dajla daryosiga aylangan bo‘lsa; podshoh beliga kamar bog‘lagan bo‘lsa; Rasululloh (s.a.v.)ning yoronlaridan biri uning boshiga toj kiydirganlarini ko‘rgan bo‘lsa, bularning hammasi vazirlik mansabini topishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *