Tushda GILAM | Тушда гилам

GILAM (GILIM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi gilam rais va rahbar bo‘ladi. Agar tush ko‘ruvchi rahbarlardan bo‘lsa, uning izzati va ulug‘ligi yanada ziyoda bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi gilam solih va sara odamdir, u darvishlardan bo‘ladi, Tushida gilam to‘shalganini va bu gilam uning mulki ekanini ko‘rsa, umri uzun va rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Agar tushida gilamga o‘tirganini ko‘rsa biroq bu joy kimniki ekanini bilmasa, ahvoli o‘zgarishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida gilam olgan bo‘lsa, badavlat ayolga uylanishini bildiradi. Agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, erga tegishi va eridan xayru manfaatlar ko‘rishiga dalildir. Agar tushida kichkina gilamga o‘tirganini ko‘rsa, chiroyli, porso, soz ayolga uylanishini bildiradi. Agar gilam yashil bo‘lsa, urushqoq dindor ayolga dalildir. Agar gilam qizil bo‘lsa, ishrat va shodlikni yaxshi ko‘radigan ayolga dalildir. Agar gilam sariq bo‘lsa, kasalmand ayolga dalildir. Agar gilam qora bo‘lsa, zohid va obid ayolga dalil bo‘ladi. Agar gilam har xil ranglarda bo‘lsa, aytilgan barcha narsa mavjud bo‘lgan ayolni bildiradi.
Agar tushida gilamni yopib olganini ko‘rsa, bir ulug‘ va porso odamning himoyasida bo‘lishini, undan foydalar topishini bildiradi. Agar gilamni o‘zidan uzoqlashtirsa va u yo‘qolsa ta’biri aytilganning aksi bo‘ladi. Tushida kichkina gilamga o‘tirganini ko‘rsa, umri qisqa ekaniga dalildir. Agar o‘tirgan kichkina gilami uning ostida kattaga aylanganini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Agar gilamni yig‘ishtirib, uyning burchagiga qo‘yganini ko‘rsa, o‘z iqbolini o‘z qo‘li bilan yo‘qotishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi gilam besh narsani bildiradi: raisni; porso rahbarni; badavlat ayolni; kanizakni va xayru manfaatni.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida gilamni yashil va tozo holda ko‘rsa, din va dunyoda xotirjamlikka dalildir. Agar boshqalarning uyida to‘shalgan gilamni ko‘rsa, safarga chiqishi va safardan ko‘p foydalar ko‘rishiga dalildir.

Shohjahon Mahammadjonov

Everything will be ok!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

одиннадцать − один =