Tushda GUL | Тушда гул

GUL (GUL) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda ko‘rilgan gul haqidagi hukm ikki xildir: birinchisi — daraxtda turgan gul; ikkinchisi — daraxtdan to‘kilgan gul. Baqosi yo‘q, uzoq turmaydigan gul tush ko‘ruvchi uchun g‘amu anduh bo‘ladi. Har kim tushida qizil gulni o‘z vaqtida o‘z daraxtida ko‘rsa, uning oilasida farzand tug‘ilishiga dalildir, agar o‘z vaqtida bo‘lmasa, farzand sababli musibat yetishiga dalildir.
Tushdagi gul daraxti ulug‘lik va so‘zini o‘tkazish bo‘ladi. Tushdagi sariq gul daraxti hojatlarni chiqaruvchi savdogar ayol bo‘ladi.
Oq gul daraxti izzat, davlat va obro‘ bo‘ladi. Agar o‘z hovlisida gul daraxtini ko‘rsa, bir qizga uylanishiga dalildir. Agar o‘z hovlisida sadbarg gulini ko‘rsa, farzand sababli shod bo‘lishiga
dalildir. Agar har xil gullarning ochilib turganini ko‘rsa, qarindoshlari va oila a’zolaridan xursand bo‘lishini bildiradi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi gul birovga vafo qilmaydigan past himmatli erkakni bildiradi. Tushida birovga gul berganini yoki gul qo‘lidan tushib ketganini ko‘rsa, aytilgan sifatli erkakdan uzoqlashishini bildiradi.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushdagi gul g‘oyibdagi odamdan keladigan maktubni yoki g‘oyibdagi odamning kelishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi gul olti narsani bildiradi: farzandni; do‘stni; past himmatli odamni; kanizakni; g‘ulomni va g‘oyibdagi odamning xatini.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *