Tushda dev | Тушда дев
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Agar devni xurram ko‘rsa, hoyu-havas va shahvatga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Devni g‘amgin ko‘rsa, ibodat va dinini sozlashga mashg‘ul bo‘ladi. Dev uning tanidan libosini yechib olganini ko‘rsa, amaldor bo‘lsa, amalidan tushadi, dehqon bo‘lsa, zarar yetadi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadi: Devning qo‘liga asir tushganini ko‘rsa, rasvolik bilan mashhur bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Dev bilan suhbat qurganini ko‘rsa, undan ulug‘ gunoh sodir bo‘ladi.
Ismoil Ash’as (r.a.) aytadi: Dev bilan yeb-ichishayotganini ko‘rsa, fisqu fasod ishlarga kirishishiga va dinlarga itoat qilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadi: Tushida dev ko‘rish olti narsaga dalildir: kurashishga; fasod ishga; shahvat va musibatga; havoyi nafsga; yaxshi ish va yaxshi odamlardan uzoqlashishga va harom narsalarga.
Yangi sharhlar