Tushda dev | Тушда дев

DEV — Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Tushdagi dev aldovchi va makkor ulug‘ dushman bo‘ladi. Dev unga vasvasa solayotganini ko‘rsa, dushmani ustidan g‘alaba qazonmasligi uchun noto‘g‘ri ishlaridan yuz o‘girishi kerak. Agar dev bilan jang qilib g‘alaba qazonganini ko‘rsa, dini durust bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Agar devni xurram ko‘rsa, hoyu-havas va shahvatga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Devni g‘amgin ko‘rsa, ibodat va dinini sozlashga mashg‘ul bo‘ladi. Dev uning tanidan libosini yechib olganini ko‘rsa, amaldor bo‘lsa, amalidan tushadi, dehqon bo‘lsa, zarar yetadi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadi: Devning qo‘liga asir tushganini ko‘rsa, rasvolik bilan mashhur bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Dev bilan suhbat qurganini ko‘rsa, undan ulug‘ gunoh sodir bo‘ladi.
Ismoil Ash’as (r.a.) aytadi: Dev bilan yeb-ichishayotganini ko‘rsa, fisqu fasod ishlarga kirishishiga va dinlarga itoat qilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadi: Tushida dev ko‘rish olti narsaga dalildir: kurashishga; fasod ishga; shahvat va musibatga; havoyi nafsga; yaxshi ish va yaxshi odamlardan uzoqlashishga va harom narsalarga.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *