Tushda ip, arqon | Тушда ип, аркон

IP, ARQON (RISMON) Tushdagi ip safar bo‘ladi. Tushida jun yoki sochdan ayollar ip to‘qigani kabi arqon to‘qiyotganini ko‘rsa, halol ish qilishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, ayol kishi tushida sochi kabi jundan arqon eshayotganini ko‘rsa, g‘oyibdagi odami safardan qaytishiga dalildir. Tushida eshayotgan ip yoki arqon uzilib ketganini ko‘rsa, g‘oyibdagi odami safarda uzoq qolib ketishini bildiradi. Ko‘p ip yoki arqonga ega bo‘lganini tush ko‘rsa, umri uzoq bo‘lishiga va arqon yoki ip mikdoricha xayru manfaat topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi arqon yoki ip besh narsani bildiradi: safarni; ish haqini; uzoq umrni; ko‘p foydani va halol kasbni.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *