Tushda jon | Тушда жон

JON Muhammad ibn Sirin aytadiki, tushdagi jon farzand, mol yoki itoatkor ayolni bildiradi. Agar jon tanidan chiqqanini ko‘rsa, farzandi, ayoli o‘lishiga yoki molining yo‘q bo‘lishiga yoxud halok bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z jonini yaxshi bir erkak suratida ko‘rsa, oilasida yaxshi farzand tug‘ilishi va ahvoli yaxshi bo‘lishi yoki oliyjanob yoxud xushtabiat bir podshohning xizmatini qilishi va ahvoli soz bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z jonini xunuk bir odam suratida ko‘rsa, yuqoridagi aytganlarimizning aksi bo‘ladi.
HIKOYaT. Xabarda kelishicha, bir kishi Alloh Rasulining huzuriga kelib: Yo Rasulalloh (s.a.v.), tushimda jonim tanimdan chiqqanini va meni quchog‘iga olganini, so‘ng osmonga chiqib ketganini ko‘rdim, — dedi. Rasululloh (s.a.v.): Vasiyat qilki, joning o‘z makoniga ketibdi, — dedilar. O‘sha kuni u dunyodan o‘tdi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar har kim o‘z jonini o‘z kaftida turganini ko‘rsa, bir xatarli ishga ko‘l urishi va bu ishda uning joniga xavf bo‘lishiga dalildir. Agar jon uning kaftidan osmonga uchib ketganini ko‘rsa, tez orada o‘lishiga dalildir.
Agar jonining rangi sariq ekanini ko‘rsa, og‘ir kasallikdan o‘lishini bildiradi. Agar jonining qizil yoki oq rangda ekanini ko‘rsa, oqibati yaxshi bo‘lishi va g‘amdan qutulishiga dalildir. Agar jonining qora rangda ekanini ko‘rsa, Xaq ta’olo azobiga duchor bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, murda jon berayotganini, yaqinlari unga yig‘i-zori qilayotganini ko‘rsa, o‘sha murdaning ahli oilasiga g‘amu anduh yetishiga dalildir. Agar yaqinlari unga ohista yig‘layotganlarini ko‘rsa, joni azobda bo‘lishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *