Tushda kafan | Тушда кафан

KAFAN (KAFAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘lik yoki tirik uchun kafan bichganini ko‘rsa, kafan bichilgan kishi tanish bo‘lsa, o‘sha kishidan unga ziyon yetishiga dalildir. Agar tushida tanish bir murdani kafanlaganini ko‘rsa, dunyoda o‘sha odamning izidan yurishga intilishni bildiradi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida murdaning kafanini yirtib yuborganini ko‘rsa, ta’birchilarning fikricha, tush ko‘ruvchi solih va porso bo‘lsa, tolibi ilm bo‘lsa, dono fikrlarni aytuvchi bo‘lsa, demak unga boylik yuz ko‘rsatadi va harom mol yig‘ishiga dalil bo‘ladi. Tushida murdalarni kafanlab, bir joydan ikkinchi joyga olib borganini ko‘rsa, harom mol unga oqib kelishini bildiradi, bordi-yu tush ko‘ruvchi yomon odam bo‘lsa, munofiq va chaqimchi ekaniga, odamlar uchun yolg‘on guvohlik beruvchiligiga dalildir.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *