Tushda kalit | Тушда калит

KALIT (KALID) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kalit ishlarni yurgizuvchi kishidir. Tushida qulfni kalit bilan ochganini va eshik tabaqasini ham ochganini ko‘rsa, to‘xtab qolgan ishlarining yurishib ketishiga va dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir. Tushida qo‘lida ko‘pgina kalitlar borligini ko‘rsa, obro‘ va e’tibor topishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Osmonlar va Yerning ochqichlari Undadir. . . (Zumar surasi, 63-oyat). Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kalit xayrli ishlarning ochilishi va yomon ishlarning bekilishidir. Ba’zilarning fikricha, kalit uylanishni bildiradi. Tushida Jannat eshiklarining kalitlariga egaligini ko‘rsa, sulton yo‘lida bo‘lib, ishlarining oqibati yaxshi va soz bo‘lishiga dalildir. Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida temir kaliti borligini ko‘rsa, quvvat va sozlikka dalildir. Agar bronza yoki mis kaliti borligini ko‘rsa, so‘zi o‘tkir bo‘lishiga dalildir. Agar tilla yoki kumush kaliti borligini ko‘rsa, so‘zlari ma’qul bo‘lishiga dalildir yana aytishlaricha, xazina topadi. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida kalitlarni qanchalik ko‘p ko‘rsa, moli shunchalik ko‘p bo‘lishini bildiradi. Yana aytishlaricha, tushdagi kalit Haq subhonahu va ta’olog‘a duo va istig‘for aytish hamda hojatlarini so‘rashni bildiradi. Tushida kalitni qulfga solib, eshikni ochganini ko‘rsa, hojatlari ravo bo‘lishini, to‘xtab qolgan ishlari yurishib ketishini bildiradi. Agar tushida bitta kalit bilan ikkita qulfni ochib, eshiklarni ham ochib yuborganini ko‘rsa, chiroyli ayolga uylanishini bildiradi. Hofiz muabbirning aytishicha, tushida o‘z qo‘lini kalit ekanini ko‘rsa, namozxon bo‘lishiga dalildir. Agar kaliti qo‘lidan tushib ketganini ko‘rsa, namozga dangasa ekanini bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kalit sakkiz narsani bildiradi: ishlarning yurishuvini; g‘amdan qutilishini; bemorlikdan shifo topishini; murod topishini; din quvvatini; Haj qilishni; duolarning ijobatini; ilm o‘rganishni.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *