Tushda kaltaklash | Тушда калтаклаш

KALTAKLASH (ZADAN) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushida qamchi bilan urishayotganini va qamchi izi badanida qolayotganini ko‘rsa yoki qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, savalayotganlarini, natijada badanidan qon oqayotganini ko‘rsa, bularning barchasi yomondir. Bu tush biror kimsa uni tili bilan xafa qilishi va chiqqan qon mikdoriga muvofiq g‘amgin bo‘lishiga ham dalolat qiladi. Muhammad ibn Sirinning aytishicha, tushida qo‘l-oyog‘ini bog‘lamay, qamchi bilan urayotganlarini, badanidan esa qon ravon bo‘layotganini, badani qon bilan bo‘yalganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir. Agar jarohat sababli holsizlik yuz berganini ko‘rsa, holsizlik miqdoriga muvofiq har kimdan foyda olishiga dalildir. Kirmoniyning aytishicha, bir kishi yelkasiga qamchi bilan urganini va u yerdan qon oqayotganini ko‘rsa, o‘sha kishidan mol topishiga yoki urgan odamni bir gunoh bilan ayblashiga dalildir. Agar yelkasida jarohat borligini va uni kim urganini bilmasa, uning diniy va dunyoviy ishlari yaxshi bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar birovni qamchi bilan urganini va qamchi porapora bo‘lib ketganini ko‘rsa, oilasi parokanda bo‘lishiga dalildir. Agar birov tayoq bilan urganini ko‘rsa, bir dini buzuq va munofiq odam sababli g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar muhtasibni olib ketganini va urganini ko‘rsa, podshoh ish berishi va ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar bir kishi uni kesak bilan urganini ko‘rsa, unga qandaydir foyda hosil bo‘lishiga dalildir. Agar birov yelkasiga kesak bilan urganini ko‘rsa, biror kishi unga nasihat qilishiga dalildir. Agar birov uni musht bilan urganini ko‘rsa, uruvchidan unga urilgan zarbning kuchiga yarasha zarar yetishiga dalildir. Agar kimdir uni shapaloq bilan urganini ko‘rsa, birovdan yomon so‘z eshitishi va obro‘yi ketishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, birov uni urganini ko‘rsa va nima sababdan urganini bilmasa, mol topishi va yangi kiyim kiyishiga dalil bo‘ladi, agar qo‘l-oyog‘i bog‘langan bo‘lsa, biroq uruvchini tanimagan bo‘lsa, yanada yaxshiroq bo‘ladi. Agar biror kishi uni tayoq yoki qamchi bilan urganini, uruvchi tanish kishi ekanini ko‘rsa, tush ko‘ruvchidan o‘sha odamga biror narsa yetishi dalil bo‘ladi, tush ko‘ruvchiga esa yaxshi bo‘lmaydi. Ismoil Ash’asning aytishicha, qandaydir o‘lik uni urayotganini ko‘rsa, safardan foyda topishiga yoki qo‘lidan ketgan narsaning qaytib qo‘liga kelishiga dalildir. Agar o‘zining o‘lik ekanini va uni urishayotganini ko‘rsa, dini baquvvat bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, qarzidan qutuladi. Agar o‘zi murdani urayotganini va bu urishdan o‘zi rozi ekanini ko‘rsa, o‘sha murdaning ahvoli oxiratda yaxshi bo‘lishiga dalildir. Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi urish va kaltaklash olti narsani bildiradi: shafoatni; janjalni; mushkil ishning hal bo‘lishini; safarni; sharaf va ulug‘likni; harom molni.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *