Tushda kalxat, sor | Тушда калхат, сор

KALXAT, SOR (KARGAS) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kalxati borligini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan foyda hamda ulug‘lik topishiga, podshoxdan esa mol va davlat topishiga dalildir. Agar tushida kalxatning suyagi yoki qovurilgan go‘nggiga egaligini ko‘rsa, yuqoridagi ta’birga ega bo‘ladi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida kalxat uni tutganini va havoga ko‘tarib, osmonga yaqin olib chiqqanini ko‘rsa, uzoqqa safar qilishi va safarda ko‘pgina molu ne’mat hosil qilishiga dalildir, ammo dinining buzilishiga sabab bo‘ladi, chunki Namrud osmonga kalxat orqali chiqqan edi. Agar tushida kalxat uni osmondan yerga tashlab yuborganin yoki o‘zi kalxat changalidan qutilib, yerga tushganini ko‘rsa, izzat va ulug‘likdan ajrash va ishlari xarob bo‘lishiga dalildir. Agar kalxat uni osmonga olib chiqqanini va u o‘sha yerda muqim bo‘lib qolganini ko‘rsa, safarga ketishi va o‘sha safarda o‘lishiga dalildir. Agar muqim bo‘lib qolmasa va yana yerga qaytib tushganini ko‘rsa, podshoxdan ulug‘lik topishiga dalildir. Agar u podshoq ahlidan bo‘lmasa, uning ahlidan yoki qarindoshlaridan biri ulug‘lik topadi. Tushdagi changali yo‘q kalxat farishta bo‘ladi, chunki Hamalat ulArsh farishtalari kalxat suvratida bo‘ladilar. Agar tushida kalxatlar uning ustida ov qilayotganlarini ko‘rsa, tush sohibi savdogarchilik qilishiga dalildir. Tushida kalxat bilan jang qilayotganini va kalxatning g‘olib bo‘lganini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi bilan dushmanlashishi va unga g‘olib kelishiga dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, dushman undan g‘olib keladi. Tushida kalxatning bolasini ko‘rsa, agar xotini bo‘lsa, xotini bola tug‘ishiga dalildir. Agar xotini bo‘lmasa, qizini katta qilib tarbiyalashiga dalildir. Tushida kalxat uning ustiga minib olganini ko‘rsa, uni dorga osishlariga dalildir. Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida kalxatning birorta ko‘chaga kirganini ko‘rsa, podshoh o‘sha ko‘chaga kirishiga dalildir. Agar ko‘chada podshohni o‘ldirilganini ko‘rsa, o‘sha diyor podshohi amaldan tushishiga yoki halok bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kalxat besh narsani bildiradi: ulug‘likni; farmonni; rayosatni; maqtovni; martabani; amru nahiy (yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish)ni.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *