Tushda karvon | Тушда карвон

KARVON (KORVON) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida karvon axdi bilan yo‘lda ketayotganini va karvon ahli solih va yaxshi odamlar ekanini ko‘rsa, uning ishlari yaxshi va soz bo‘lishiga dalildir. Agar karvon ahli yaramas va badfe’l odamlar bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar ulovga minganini va mukammal holda ekanini ko‘rsa, ne’mat hosil bo‘lishiga dalildir. Agar karvonda piyoda bo‘lsa va kerakli narsalari yo‘q ekanini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida karvon bilan uyiga yetib kelganini ko‘rsa, ishlari yurishib ketishiga dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, ishlari to‘xtab qolishiga dalildir. Ibrohim (r.a.)ning aytishicha, tushida karvon uyi tomon ketayotganini ko‘rsa, to‘xtab qolgan ishining yurishib ketishiga dalildir. Buning aksini ko‘rsa, ta’biri ham aksinchadir.

Shohjahon Mahammadjonov

Everything will be ok!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

пять × 1 =