Tushda yong’oq | Тушда ёнгок

YONG‘OQ (GAVZ VAJAVZ) Tushdagi yong‘oq mehnat, balo, ranj va qiyinchilik bilan qo‘lga kiradigan boylikdir. Tushida yong‘oq o‘ynayotganini yoki qo‘lida yong‘og‘i borligini ko‘rsa, jang va janjalga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushadiga mag‘zi aynigan yong‘oq, ko‘p va ozligiga qarab, harom molni bildiradi. Agar tushdagi yong‘oq mag‘zi shirin bo‘lsa, halol mol qo‘lga kelishini bildiradi. Tushida yong‘oqni chaqqanini ko‘rsa, ajamlik kishidan mol olishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida yong‘og‘i borligini ko‘rsa, jang va xusuamtga duchor bo‘lishiga dalildir. Agar yong‘oq mag‘zi achchiq va noxush ekanini ko‘rsa, baxil bir odamdan noxush so‘z eshitishiga dalildir. Tushida yong‘oq mag‘zidan yog‘ olganini ko‘rsa, baxil odamdan unga foyda yetishiga dalildir.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *