Tushda yorug’lik | Тушда ёруглик

YORUG‘LIK (RO‘SHNOIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ro‘shnolik hidoyat yo‘lidir. Tushida yorug‘likka ega ekanini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, kimgadir din ilmini o‘rgatishiga to‘g‘ri yo‘lga solishiga dalildir. Tushdagi qorong‘ulik gumrohlik va dinning nosozligi bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Alloh imon keltirganlarning do‘stidir. Ularni zulmatdan nur sari chiqaradi. . . (Baqara surasi, 257-oyat).
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida yorug‘lik ko‘kragiga tushganini ko‘rsa, porso va dindor bo‘lishini bildiradi.
Tushida yon-atrofida yorug‘lik borligini ko‘rsa, yaxshilik va omonlikka dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi yorug‘lik to‘rt narsani bildiradi: dinni; ilmni; to‘g‘ri yo‘lni va pok e’tiqodni. YoSIN SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Yosin surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, oqibati xayrli bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, umri uzoq bo‘lishi va Haq ta’oloning rahmatini topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, Hazrati Rasululloh (s.a.v.)ning muhabbati qalbida mustahkam bo‘lishiga dalildir.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *