Tushda yovvoyi buqa | Тушда ёввойи бука

YOVVOYI BUQA (GOVI DASHTIY) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yovvoyi buqa boyligi ko‘p badavlat kishidir. Agar tushida ov qilib yovvoyi buqani ovlaganini ko‘rsa, uning mikdoricha molu ne’mat topishiga dalildir. Agar ikkita yovvoyi buqa bir-biri bilan jang qilayotganini ko‘rsa, ikki fosiq kishi bir-biri bilan jang qilishiga dalildir. Yovvoyi sigir ta’birda ayolni bildiradi. Agar tushida yovvoyi sigir go‘shtidan yeganini ko‘rsa, ayollar tufayli mol hosil qilishiga dalildir. Agar yovvoyi sigir bolasini tutib olganini ko‘rsa, xotini farzand tug‘ishiga dalildir.Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar yovvoyi buqa go‘shtidan yeganini ko‘rsa, quvvat va davlat topishiga dalildir. Agar yovvoyi buqa ko‘p shoxga ega ekanini ko‘rsa, har bir shoxi barobarida quvvat va davlat topishiga dalildir.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *