Tushda kishmish | Тушда кишмиш

KISHMISH (KISHMISH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kishmish molu ne’matga dalil bo‘ladi. Tushida kishmishi borligini yoki kimdir unga berganini va u yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha o‘sha odamdan xayru manfaat topishiga dalildir. Agar kishmishdan suvini chiqarib, ichganini ko‘rsa, agar olim bo‘lsa, ilmi ziyoda bo‘lishi, agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida bir qop kishmish borligini ko‘rsa, agar olim bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishi, agar kosib bo‘lsa, kasbidan ko‘p mol hosil qilishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda kishmish yeyish uch narsani bildiradi: foydani; halol molnii va kasbni.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *