Tushda kiyim to’qimoq | Тушда кийим тукимок

KIYIM TO‘QIMOQ (BOFTANI JOMAHO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda kiyim to‘qimoq safarni, to‘quvchi esa musofir kishini bildiradi. Agar kiyim to‘qiyotganini ko‘rsa, safarga borishini bildiradi. Aytishlaricha, tushda kiyim to‘qisa xusumatni bildiradi. Agar tushida kiyim to‘qib ipini uzsa o‘rtadagi xusumatni bartaraf bo‘lishini bildiradi. Agar arqon yoki ipga tob berayotganini ko‘rsa, safarga hozirlikni bildiradi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, ipak o‘rniga oddiy ipdan yoki kanop ipdan libos to‘qiyotganini ko‘rsa, yomon bo‘ladi, chunki bu xiyonatni bildiradi. Agar kiyimni to‘la to‘qib, ipini qirqsa, safarga borishi va ishlari to‘liq amalga oshishiga dalildir. Agar to‘liq to‘qib bitirmaganini ko‘rsa, ishlari notavon bo‘lishini bildiradi. Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida to‘quvchilik qilayotganini ko‘rsa, odamlardan uning o‘rtasiga xusumat tushishi, ammo holi yaxshi bo‘lishi, biroq odamlardan unga ta’na va malomatlarning yetishini bildiradi.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *