Tushda kon topmoq | Тушда кон топмок

KON TOPMOQ (YoFTANI KONHO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida kon kavlaganini va tilla koni topganini ko‘rsa, o‘z qadriga muvofiq ulug‘lik topishiga dalildir. Agar tush ko‘ruvchi solih, porso va ahli din bo‘lsa, Haq ta’olo unga ilmu hikmat ato qiladi. Agar tushida kumush konini topsa, chiroyli va badavlat bo‘lgan, ulug‘lar xonadoniga mansub ayolga uylanishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha muborak farzand tug‘iladi. Agar mis yoki bronza konini topsa, badfe’l va berahm rahbar bilan suhbat qurishiga dalildir. Agar qalay konini topgan bo‘lsa, chiroyli ayolga uylanishiga dalildir. Agar temir konini topganini ko‘rsa, kuchli rahbar bilan suhbat qurishi va undan mol topishiga dalildir. Agar billur konini topsa, podshoxdan yoki xotindan foyda topishiga dalildir. Agar zabarjad va zumrad konini topsa, mol va obro‘ sohibi bo‘lishiga dalildir. Agar yoqut konini topsa, izzati va moli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar feruza konini topsa, dushman ustidan g‘alaba qazonishiga dalildir. Agar aqiq konini topsa, podshoxdan foyda topishiga, la’l konini topsa, izzat va obro‘yi oshishiga dalildir. Agar novshadil konini topsa, g‘amgin bo‘lishiga, tuz konini topsa, bir ulug‘ odamdan foyda topishiga dalildir. Agar surma konini topsa, g‘amu anduhga dalildir.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *