Tushda kosa | Тушда коса

KOSA (KOSA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yog‘och kosa, agar ichida yemish bo‘lsa va undan yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha safardan halol rizq topishiga dalildir. Tushdagi sopol kosa rizq bo‘ladi, bo‘sh kosa hayronlik va bechoralikdir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi taom kosasi qo‘lidan yaxshiliklar keladigan va molni to‘g‘rilik bilan taqsim qiladigan barakatli va manfaatli xodimdir. Ichida yemish bo‘lgan tilla va kumush kosa harom rizkdir. Bronza yoki qalaydan yasalgan oq kosa ichida shubhasi bo‘lgan ozgina rizqdir. Shisha kosa ham shuni bildiradi. Bo‘sh kosa-kambag‘allikdir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘z kosasi ichida ta’mi soz va shirin yemish borligini ko‘rsa, ne’mat va mol topishga dalildir. Agar unda nordon va noxush yemish bo‘lsa, g‘am va o‘yga dalildir.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *