Tushda ko’shk | Тушда кушк

KO‘SHK (KO‘SHK) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida ko‘shk ustida ekanini ko‘rsa, xususan ko‘shk xom g‘isht va loydan qurilgan bo‘lsa, molu davlatga dalildir. Agar ko‘shk loy va pishik g‘ishtdan qurilgan bo‘lsa, mol topishiga, biroq dinida nuqson bo‘lishiga dalildir. Tushida podshoh unga ko‘shk in’om qilganini ko‘rsa, podshohdan boylik topishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida ko‘shki vayron bo‘lganini ko‘rsa, moli sovurilishiga dalildir. Tushida ko‘shkiga olov tushganini ko‘rsa, podshoh uni musodara qilishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ko‘shk sakkiz narsaga dalildir: ne’matga; martabaga; yaqinlikka; rayosatga; ulug‘vorlikka; podshohlikka; tinchlikka; ko‘shkning balandligi va chiroyiga qarab shodlik va xurramlikka.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *