Tushda ko’za | Тушда куза

KO‘ZA (KO‘ZA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bronza yoki misdan qilingan ko‘za xodim bo‘ladi. Agar yangi sopol ko‘zasi borligini ko‘rsa, ko‘zaning chiroyiga munosib kanizakka ega bo‘lishiga dalildir. Tushida ko‘zadan suv ichganini ko‘rsa, kanizak bilan yaqinlik qilishiga dalildir. Agar ko‘zasini singanini ko‘rsa, kanizakgining o‘lishiga dalildir. Kirmoniyning aytishicha, tushdagi ko‘za kanizak yoki xizmatkor bo‘ladi. Agar tushida yangi ko‘zasi borligi yoki sotib olganini ko‘rsa, unda kanizak yoki xizmatkor paydo bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘zasi singanini yoki yo‘qolib qolganini ko‘rsa, kanizagi yoki xizmatkorining o‘lishiga yoki qochishiga dalildir. Agar ko‘zasining teshilib qolganini ko‘rsa, kanizagi yoki xizmatkori kasal bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘zasi toza suv bilan to‘la ekanini ko‘rsa, kanizak yoki xizmatkor unga foydalar yetkazishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ko‘za molu ne’mat bo‘ladi. Tushida oltin yoki misdan qilingan ko‘zasi borligini ko‘rsa, boylik topishini bildiradi, biroq bu molda tuhmat bo‘ladi. Tushida bronza yoki qalaydan qilingan ko‘zasi borligini ko‘rsa, molu ne’matga dalildir. Agar temirdan qilingan ko‘zasi borligini ko‘rsa, boylikka dalildir, biroq kamroq bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ko‘za to‘qqiz narsaga dalildir: xotinga; xodimga; kanizakka; dinning mahkamligiga; tandurustlikka; uzoq umrga; molga; xayru barakatga; ayollardan yetadigan merosga.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *