Tushda laylak | Тушда лайлак

LAYLAK (LAQLAQ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi laylak nasabi toza, ozod va oqibatni o‘ylab ish qiladigan kishidir. Tushida laylakni tutib olganini yoki birov berganini ko‘rsa, aytilgan sifatdagi kishi bilan suhbatdosh bo‘lishiga dalildir. Tushida laylakni o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir dushman uning qo‘lida o‘lishiga dalildir. Laylak u bilan so‘zlashganini ko‘rsa, bir ish qiladiki, odamlar bu ishdan taajjubga tushadilar va u bir ulug‘ odamdan foyda topadi. Tushida bir laylak uchib kelib tomiga qo‘nganini ko‘rsa, bir ulug‘ odam uning uyiga kirishiga dalildir. Tushida laylak uning qo‘lidan uchib ketganini ko‘rsa, dehqon odamning suhbatidan judo bo‘lishini bildiradi. Tushida laylak go‘shtini yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha dehqon kishining molidan yeyishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi laylak to‘rt narsani bildiradi: dehqon odamni, zaif podshohni, posbonni, g‘ariblik va kambag‘allikni.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *