Tushda maymun | Тушда маймун

MAYMUN (BUZINA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi maymun firib beruvchi mal’un dushmanni bildiradi. Agar maymun bilan o‘tirganini va maymun unga itoatli ekanligini ko‘rsa, dushman ustidan g‘olib bo‘lishini bildiradi. Agar maymun bilan jang qilayotganini va undan ojiz qolganini ko‘rsa, kasal bo‘lishini va undan shifo topmasligini bildiradi yoki uning badanida bir ayb paydo bo‘ladiki, undan xaloslik topolmaydi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda maymunni o‘ldirganini ko‘rsa, dushmanga qahr qilishiga dalil bo‘ladi. Agar maymun go‘shtidan yeganini ko‘rsa, qiyinchilikka yoki birorta nuqsonga giriftor bo‘lishini bildiradi. Agar kimdir unga maymun berganini ko‘rsa, kimdir uning dushmanligini oshkor qilishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar tushda maymunni o‘ldirganini ko‘rsa, kasal bo‘lishi va tezda shifo topishini bildiradi. Agar maymun otiga minganini ko‘rsa, birorta juhud (yahudiy) uning xotini bilan buzuq ish qilayotganiga dalildir. Urg‘ochi maymun buzuq yoki jodu bilan shug‘ullanuvchi ayoldir. Agar uyiga maymun kirib kelganini ko‘rsa, uyida birorta ayolning unga sehru jodu qilishini bildiradi. Agar maymun tishlab olganini ko‘rsa, bemor bo‘lishi yoki o‘z ayolidan dashnom eshitishini bildiradi. Agar maymun unga biror narsa berganini yoki u yeganini ko‘rsa, o‘z molini ahli oilasi uchun sarf qilishini bildiradi.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *