Tushda minbar | Тушда минбар

MINBAR (MINBAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi minbar islom ahlining sultoni bo‘ladi. Minbarda ko‘rilgan yaxshi yoki yomon narsa sultonga taalluqlidir. Tushida minbarga chiqib, ilmu hikmat va xutba o‘qiganini ko‘rsa, aslida o‘zi bu toifadan bo‘lmasa, farzandi yoki qarindoshlaridan biri olim bo‘ladi. Tushida minbar ustida she’r o‘qiganini yoki shari’atga xilof so‘z aytganini ko‘rsa, islom odamlari orasida dinining buzuqligi va bid’atchilikda rasvo bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, uni dorga osadilar. Agar podshoh tushida minbarga chiqqanini, minbar qulab ketganini yoki singanini ko‘rsa, podshohlikdan tushishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida minbarga chiqqanini, xutbani to‘liq o‘qib, pastga tushganini ko‘rsa, xatiblikdan tushishiga dalildir. Agar ayol kishi minbarga chiqqanini, odamlar orasida Qur’on, hikmat va ilmdan gapirganini ko‘rsa, rasvo bo‘lishiga dalildir, chunki ayollarga erkaklar orasida ilmdan gapirish va xutba o‘qish ravo emas, shuningdek erkaklarga ham ayollar orasida ilm va xutba o‘qish yaxshi emas. Agar minbardan qulab ketganini ko‘rsa, agar olim yoki johil bo‘lsa, hurmati yo‘q bo‘lishi, odamlar orasida xor bo‘lishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida minbarga chiqqanini ko‘rsa, olim, solih va dindor bo‘lishiga, ulug‘lik, izzat va obro‘ topishiga dalildir, agar yomon odam bo‘lsa, uni o‘g‘irlikda qo‘lga oladilar va dorga osadilar. Minbarni qanchalik katta va pokiza ko‘rsa, izzat va obro‘ ham shunchalik yuksakroq bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi minbar besh narsaga dalildir: podshohga; qoziga; imomga; xatibga; dorga osilishiga.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *