Tushda mirt o’simligi | Тушда мирт усимлиги

MIRT O‘SIMLIGI (MURD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mirt o‘simligi ozoda, tabiati pok, chiroyli, aqli komil, do‘stlikka arziydigan odamlardir. Tushida mirtga ega ekanligini ko‘rsa, aytilgan turdagi odam bilan suhbat qurishiga va undan foydalar olishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida mirt daraxti singanini yoki joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, aytilgan turdagi odamning suhbatidan judo bo‘lishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mirt ko‘p molu ne’mat bo‘ladi, Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, mirt solih farzand bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mirt to‘rt narsani bildiradi: oqil ijarachilarni; solih farzandni; ko‘p mol va foydani. Agar ayol kishi tushida bir dasta bog‘langan mirtni eriga berganini ko‘rsa, ularning nikohi mustahkam bo‘lishiga dalildir.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *