Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар

DARAXTLAR (DARAXTON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi odamlar uchun qadrli bo‘lgan daraxt azizi va ulug‘ kishi bo‘ladi.
Qadrsiz daraxt esa pastkash kishi bo‘ladi. Mevali daraxt badavlat kishiga dalil, mevasiz esa faqir kishiga dalil. Bog‘da ko‘rilgan daraxt bog‘ egasi uchun molu davlatdir. Daraxtni tomiri bilan qo‘porsa, biror kishining izzat va obro‘yini to‘kadi.
Tushdagi Arab diyorida o‘sadigan daraxtlar sahroyi kishilarga, Ajam yurtlarida o‘sadigan daraxtlar Ajam odamlariga dalolat qiladi.
Anor daraxti (daraxti anor).
Tushdagi anor daraxti foydali badavlat kishidir.
Bodom daraxti (daraxti bodom).
Tushdagi bodom daraxti sohibjamol, chiroyli ayoldir.
Gul daraxti (daraxti gul).
Tushdagi gul daraxti shodon odamga dalildir.
Yong‘oq daraxti (daraxti javz).
Tushdagi yong‘oq daraxti aziz va olijanob kishini bildiradi.
Jiyda daraxti (daraxti sinjid).
Tushdagi jiyda ruhi yengil va hashamatli olimga dalildir.
Zaytun daraxti (daraxti zaytun).
Tushdagi zaytun daraxti aslzoda va nasabli kishiga dalildir.
Kakos yong‘og‘i daraxti (daraxti javzi hindiy).
Tushdagi kakos yong‘og‘ining daraxti odamlarga baxil va ayolga qattiqqo‘l ajamli kishidir.
Limon daraxti (daraxti limun).
Tushdagi limon daraxti jodu qiluvchi yoki munajjimlik bilan shug‘ullanuvchi kishiga dalildir.
Murch daraxti (daraxti fulful).
Tushdagi murch daraxti aziz va ulug‘ kishiga dalildir.
Olma daraxti (daraxti sib).
Tushdagi olma daraxti kasalmand kishiga dalildir.
Olxo‘ri daraxti (daraxti olu).
Tushdagi olxo‘ri daraxti barchaga naf yetadigan tabibdir.
Obnus daraxti (daraxti obnus).
Tushdagi obnus daraxti o‘z ishida boshi qotgan odamdir. Ba’zilarning aytishicha, xotin yoxud kanizakdir.
Sarv daraxti (daraxti sarv).
Tushdagi sarv daraxti ajamli xushtab’ kishiga dalildir.
Sandal daraxti (daraxti sandal).
Tushida sandali borligini ko‘rsa, odamlar unga madhu sano aytishiga dalildir.
Turunj daraxti (daraxti turunj).
Tushdagi turunj daraxti muxolif va o‘zbilarmon kishini bildiradi.
Ud daraxti (daraxti ud).
Tushdagi ud daraxti chiroyli yuzli va shirin zabon kishiga dalildir.
Xandonpista daraxti (daraxti fistaq) Tushdagi xandonpista daraxti badavlat baxil kishiga dalildir.
Xurmo daraxti (daraxti xurmo).
Tushidagi xurmo daraxti aziz va olim kishi bo‘ladi.Tushida hovlisida xurmo daraxti borligini ko‘rsa, ulug‘ bir kishi bilan oshino bo‘lishiga dalildir. Bog‘da ko‘rilgan xurmo ta’biri tush egasiga taalluqli bo‘ladi.
Shammoma palagi (daraxti shammoma).
Tushdagi shammoma (forscha dastanbuy deb ataluvchi o‘tkir hidli qovun) tezda halokatga uchrovchi va tez davlat topuvchi kishiga dalildir.
Shaftoli daraxti (daraxtu shaftolu).
Tushdagi shaftoli daraxti sharmu hayoli ulug‘vor kishiga dalildir.
Eman (dub) daraxti.
Eman (dub) daraxti munofiq va xayriyatsiz kishiga dalildir.
O‘rik daraxti (daraxti zardolu).
Tushdagi o‘rik daraxti foyda yetkizadigan muborak kishiga dalildir.
O‘rmon yong‘og‘i daraxti (daraxti funduq).
Tushdagi funduh (o‘rmon yong‘og‘i) o‘yin-kulgini yaxshi ko‘radigan o‘ta toshyurak kishiga dalildir.
Qamish o‘simligi (daraxti nay).
Tushdagi qamish badfe’l va chaqimchi kishiga dalildir.
Hanzal palagi (achchiq tarvuz palagi).
Tushdagi hanzal (achchiq tarvuz palagi) darvish va dini buzuq kishiga dalildir.
Har bir mevali daraxt mevasiga qarab qiyos qilinadi. Tushida mevali daraxtdan meva olib yeyayotganini ko‘rsa, o‘sha mevaning qadru qiymatiga muvofiq molu ne’mat topishini bildiradi.
Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushda o‘z uyida daraxt ko‘rsa, bu ayolni bildiradi. Podshoh uyida ko‘rilgan har qanday daraxt podshoh xizmatkoriga dalolat qiladi. Tushdagi qovun va bodringga o‘xshagan tanasi yo‘q o‘simliklar pasthimmat odamlarni bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida daraxtlarning tomirlarini kuchli holda ko‘rsa, zakot molini ado qilganiga dalildir, aksincha ko‘rsa, buning aksidir. Daraxt po‘stlog‘i daraxt egasiga yetadigan rizqu ro‘zga dalildir. Daraxt shoxlari aka-ukalar, farzandlar va qarindoshlarni bildiradi. Tushida daraxt barglarini ziyoda ko‘rsa, xush tabiat egasiga dalildir. Tushdagi daraxt mevalari egasining parhezgar va dindor ekaniga dalildir. Daraxtni kesganini va yiqilganini ko‘rsa, daraxt egasining o‘limiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida daraxtni xushbo‘y va ta’mi shirin ekanini ko‘rsa, solih va pokdin kishiga dalildir. Tushida ko‘rgan daraxtining mevasi noxush va tikonli bo‘lsa, buzuq va bediyonat kishiga dalildir. Tushida o‘z hovlisida yoki birovning hovlisida pakana daraxtni ko‘rsa, o‘sha hovliga tushadigan musibatga dalildir. Tushida o‘z hovlisida urug‘ ekayotganini ko‘rsa, o‘sha urug‘ mikdoricha unga biror narsa yetishiga dalildir. Agar begona yeriga daraxt ekayotganini ko‘rsa, begona kishi bilan hamsuhbat bo‘lishi va undan sharaf va ulug‘lik topishiga dalildir. Tushida o‘z hovlisiga daraxt o‘tqazayotganini ko‘rsa, kuyovga dalildir. Tushida baland daraxt ustida turganini ko‘rsa, ishlari yuksalishiga dalildir. Tushida daraxt barglarini yig‘ayotganini ko‘rsa, barglar mikdoriga qarab, diram (pul) topishiga dalildir. Agar tushida daraxtlarda meva yetishtirayotganini ko‘rsa, farzandlari hamda nasli ko‘payishiga dalildir. Tushida ko‘pgina mevali daraxtlarni ko‘rsa va bu daraxtlar o‘zining mulki ekanini bilsa, umri uzoq bo‘lishi, zafar va ulug‘lik topishiga dalildir.
Tushida daraxtni aralayotganini ko‘rsa, kasal bo‘lishi yoki yaqinlaridan kimningdir o‘lishini bildiradi. Tushida kuz faslida noma’lum bir boqqa kirganini va bog‘dagi daraxtlarning barglari to‘kilayotganini ko‘rsa, g‘amu anduhga dalildir. Tushida daraxt o‘zi bilan so‘zlashayotganini ko‘rsa, bir ish qiladiki, bu ishidan odamlar taajjubga tushadilar. Tushida daraxtni joyidan sug‘urib olganini ko‘rsa, kasal bo‘lishi yoki daraxtni sug‘urib olgan mavzedan kimningdir vafot etishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi qurigan yoki kesilgan daraxtlar dini yomon kishilarga dalildir. Qaysi daraxtni yaxshiroq holda ko‘rsa, dini yaxshiroq bo‘lishini bildiradi, daraxtda qanchalik nuqson ko‘rilsa, o‘zining nuqsoniga dalil bo‘ladi. Tushida daraxt soyasida o‘tirgan yoki uxlayotganini ko‘rsa, shu daraxt egasining soyasi ostiga borishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi daraxt o‘n narsaga dalildir: podshohga; ayolga; savdogarga; kurashuvchi odamga; olimga; mo‘’minga; kofirga; martabaga; xusumatga va shubhali molga.

Shohjahon Mahammadjonov

Everything will be ok!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

четыре + четырнадцать =