Tushda duk, ip yigiradigan charx | Тушда дук, ип йигирадиган чарх

DUK, YIG (Ip yigiradigan charx) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi duk (ip yigiradigan charx) qizni bildiradi.
Agar erkak kishi tushida duk olganini va unda ikkiga muhra (soqqa) borligini ko‘rsa, qizini erga berishiga dalildir. Tushida duki sinib qolganini ko‘rsa, qizi yoki opa-singlisidan birining o‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi duk musofir kishi bo‘ladi.
Xotin kishi tushida duk topganini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, musofir kishiga tegishini bildiradi. Tushida duk muhrasi tushib ketganini ko‘rsa, erdan mehri ketishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, erkak kishi tushida duk bilan ip yigirayotganini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishini bildiradi, agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, g‘ami ketishiga dalildir. Yana aytishlaricha, duk dallola xotindir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *