Tushda gavhar | Тушда гавхар

GAVHAR (GAVHAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi gavhar chiroyli va badavlat ayol bo‘ladi. Tushida gavhar borligini ko‘rsa, xotinini taloq qilishini bildiradi. Agar tushida ko‘pgina gavharlari borligini ko‘rsa, ko‘p mol topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida gavhar sotayotganini ko‘rsa, ayollar ishi bilan shug‘ullanishini va dallollik qilishini bildiradi. Agar ba’zi gavharlarning teshigi borligini va ba’zilarida teshik yo‘qligini ko‘rsa, qizlar va beva ayollarga dallollik qilishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi oq gavhar farzand bo‘ladi. Tushi oq gavhari borligini ko‘rsa, oilasida farzand tug‘ilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi gavhar sakkiz narsaga dalil bo‘ladi: molga; ilmga; farzandga; qimmatbaho biror narsaga; chiroyli ayolga; foydali so‘zga; xayru barakatga va yaxshi ishlar qilishga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *