Tushda jimo, qo’shilish, qovushish, jinsiy aloqa | Тушда жимо, кушилиш, ковушиш, жинсий алока

JIMO’ (jinsiy aloqa) QILMOQ Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi jimo’ (jinsiy aloqa) hojatlarni yuzaga chiqishidir, xususan o‘zidan maniy (urug‘) ajrab chiqqanini ko‘rsa.
Agar har kim biror kishi bilan jimo’ qilganini ko‘rsa, o‘sha kishidan yaxshilik va hojatlari ravo bo‘lishiga dalildir. Agar biror kishi u bilan jimo’ qilganini ko‘rsa, uning xonadoni boy bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z xotini bilan jimo’ qilayotganini, chunonchi xotin tepada o‘zi esa pastda ekanini ko‘rsa, boshqa xotin olishi va undan xayru manfaat ko‘rishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, agar kishi tushida o‘z xotini yoki boshqa xotin bilan, boshqa yo‘ldan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, erkakning bid’atchi bo‘lib, nosoz ishlarga intiluvchi ekanini bildiradi va bu ishdan qaytmoq va Rasululloh sunnatiga amal qilmoq lozim.
Agar o‘z onasi, opa-singlisi yoki o‘ziga harom bo‘lgan biror kishi bilan jimo’ qilayotgan bo‘lsa, o‘z mehr-muhabbatining ulardan uzilishiga dalildir, bordi-yu ular tirik bo‘lsa, agar o‘lik bo‘lsa g‘amu anduhga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, agar tirik bo‘lsa, undan xayru manfaat topishiga va ehtimolki, Haj qilishiga dalildir. Agar o‘lgan ayol bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, g‘amgin va nochor bo‘lishiga dalildir.
Agar begona odamning o‘lgan xotini bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa bir ish qilishi va bu ish tufayli noumidlikka tushushini bildiradi. Agar notanish bir ayol bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, ularning orasida avval xusumat yuz bergan bo‘lsa, bu xusumat muhabbatga aylanishiga va undan xayru manfaat topilishiga dalolat qiladi. Agar bir keksa bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, xayru manfaat topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar podshohning haramiga kirib, jimo’ qilganini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishiga dalildir.
Agar har kim birorta qush bilan jimo’ qilayotgan bo‘lsa, o‘sha qushga mansub bo‘lgan kishi ustidan g‘olib bo‘lishiga dalildir. Agar birorta tarso, juhud yoki otashparast bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, dunyoviy ishlari tartibga tushishiga dalildir. Agar shahvatdan qolgan birorta qariya tushida yoshlik paytidagidek, shahvati g‘olib bo‘lganini ko‘rsa, din ishlariga rag‘batli bo‘lishiga dalolat qiladi. Agar har kim nobakor bir ayol bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, dunyo hamda harom mol tolibi bo‘lishiga dalildir. Agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, ta’biri shuning o‘zidir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar tuya bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, og‘irchilikdan qutulishiga, dushman ustidan zafar topishiga, molning ko‘payishiga va nomining baland bo‘lishiga dalil. Agar podshoh bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, podshohning yaqini va sirdoshi bo‘lishiga dalildir. Agar podshohning xotini bilan jimo’ qilayotgan bo‘lsa, undan xayru manfaat ko‘rishiga dalildir. Agar hayzli ayol bilan jimo’ qilayotgan bo‘lsa, ishlari ravo bo‘lishiga dalildir. O‘lgan ayol bilan jimo’ qilayotgan bo‘lsa, ishlarining yomon bo‘lishi yoki o‘sha ayolni yaqinlari bilan topishishi va qo‘shilishiga dalildir. Bordi-yu o‘sha ayol tirik bo‘lsa, uning yaqinlaridan aloqasining uzulishiga dalil bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, hayzli ayol bilan jimo’ qilmoq dunyoviy ishlarning osoyishta bo‘lishiga dalildir.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida kanizakdan bo‘lgan xotini bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, podshoh tomonidan unga xayru manfaat yetishiga dalildir. Agar tanish bir yosh kishi bilan jimo’ qilayotgan bo‘lsa, undan xayru manfaat topishini bildiradi. Notanish bir yosh kishi bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, podshohdan hojati ravo bo‘lishiga dalildir. O‘lgan bir erkak bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, o‘sha odam uchun biror duo yoki ehson qilishini bildiradi. Agar bir ayol boshqa bir ayol bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, o‘sha ayoldan yaxshilik ko‘rishi va hojati ravo bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, xar kim tushida jimo’ qilsa va g‘usl vojib bo‘lsa, bu tushning ta’biri bo‘lmaydi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *