Tushda jonivorlarning qichqirishi, hayvonlar ovozi | Тушда жониворларнинг кичкириши, хайвонлар овози

JONIVORLARNING QICHQIRISHI (BONGDOShTANI JONIVORON) Muhammad ibn Sirinning aytishicha, tushida jonivorlarning qichqirishini ko‘rsa va bu paytda odamlar uyquda bo‘lsa, o‘sha mavzeda g‘am va musibat yuz berishiga dalildir.
Agar uzoq joydan unga qarab qichqirayotgan bo‘lsalar, u esa ularga javob berayotganini ko‘rsa, tez orada vafot etishini bildiradi, javob bermayotgan bo‘lsa, kasal bo‘lishini bildiradi. Agar yig‘i ovozini eshitsa, xursand bo‘lishini bildiradi. Agar ohu nola ovozini eshitsa, biror yoqimsiz ish yuz berishi va tezda bu narsaning yo‘q bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ningaytishicha, otning kishnayotganini eshitsa, bashorat eshitishiga dalildir. Boshqa ta’birchilarning aytishicha, unga biror yoqimsiz holat yuz beradi. Chunki hayvonotlar yolg‘on so‘zlamaydilar, Agar eshakning xangrayotganini ko‘rsa, birorta dushman yoki johil odamdan baqirish yoki nizo so‘zlarini eshitadi. Alloh ta’olo aytadi: (Yurganingda) o‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin. Chunki, ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir (Luqmon surasi, 19-oyat). Agar tuyaning qichqirayotganini ko‘rsa, X,ajga borishi yoki tijorat ishi bilan ketishi va bu tijoratdan foyda va manfaatlar ko‘rishiga dalildir. Agar birorta qo‘yning ma’rayotganini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan xayru manfaat ko‘rishini bildiradi. Agar echki bolasining ma’rayotganini ko‘rsa, xurramlik, shodlik va ne’matga dalil bo‘ladi. Ohuning ma’rayotganini ko‘rsa, kanizak topishiga dalildir. Agar sherning o‘kirayotganini ko‘rsa, podshohdan xavf va qo‘rqinch yetishini bildiradi. Agar yo‘lbarsning o‘kirayotganini ko‘rsa, birov bilan jang va xusumatga tushishiga dalildir. Agar yuz (yoldor bo‘ri)ning uvillayotganini ko‘rsa, birovning o‘ziga nisbatan g‘azab sochishiga dalildir. Agar bo‘rining uvillayotganini ko‘rsa, dushman ustidan zafar qazonishini bildiradi. Agar chiya bo‘rining qichqirayotganini ko‘rsa, xotinlar sababli g‘am va andishaga giriftor bo‘lishiga dalildir. Agar tulkining qichqirayotganini ko‘rsa, biror yolg‘onchi kishi unga nisbatan makru hiyla qilishiga dalildir. Agar mushukning miyovlayotganini ko‘rsa, o‘g‘ridan xavf yuz berishiga dalil bo‘ladi. Agar tuyaqushning qichqirayotganini ko‘rsa, serg‘ayrat xodimga ega bo‘lishiga dalildir. Agar karkasning qichqirayotganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishidan g‘amgin bo‘lishini bildiradi. Agar kabutarning qichqirayotganini eshitsa, podshoh lashkarboshisidan xabar kelishiga dalildir. Agar xo‘rozning qichqirayotganini eshitsa, bir yosh oliyhimmat kishining xabarini eshitadi. Agar tovusning qichqirayotganini eshitsa, Ajam podshohining xabarini eshitishiga dalildir. Agar turna tovushini eshitayotgan bo‘lsa, darvish bir kishining xabarini eshitishiga dalildir.
Agar laylakning tovushini eshitsa, bir dehqon kishining xabarini eshitishi va undan shodlik topishiga dalildir. Agar kaklikning sayrayotganini eshitsa, chiroyli bir ayol xabarini eshitishiga dalildir. Agar qarg‘aning ovozini eshitsa, xaromho‘r erkakning xabarini eshitishiga dalildir. Agar chumchuqning ovozini eshitsa, xushxabar eshitishini bildiradi. Bulbulning sayrayotganini eshitsa, birorta ashulachi yoki sozandaning xabarini eshitishyga dalildir. Agar g‘ozning ovozini eshitsa, qayg‘u g‘am yetishiga dalil bo‘ladi. Agar o‘rdakning ovozini eshitsa, biror kishiga yetgan musibat xabarini eshitishiga dalildir. Tovuq bolalarining ovozini eshitsa, motam va musibatni bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, barcha qushlarning tushdagi ovozini eshitmoq yaxshidir, biroq ovozidan fol ochiladigan qushlarning tovushi g‘am va musibatni bildiradi. Ilonning ovozi dushman xavfini bildiradi. Arilarning va chigirtkalarning ovozi ham qo‘rqinchni bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida osmonda, yerda yoki havoda dahshatli qattiq ovoz eshitsa, podshohga yetadigan g‘am, qayg‘u va musibatni bildiradi.
HIKOYaT. Aytishlaricha, bir kishi Ibn Sirinning oldiga kelib: Tushimda harakat qiluvchi bir dobba (hayvon) men bilan so‘zlashdi, — dedi. Ibn Sirin unga: Ajaling yaqin qolibdi, — deb javob berdi. Alloh ta’olo aytadi: Qachon (kofirlarning) ustiga so‘z (azob) tushganda (ya’ni, qiyomat oldidan) Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar oyatlarimizga ishonmaydigan bo‘lib qolganlari haqida gapirur (Naml surasi, 82-oyat).

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *