Tushda yomg’ir o’tmaydigan chopon | Тушда ёмгир утмайдиган чопон

YOMG‘IR O‘TMAYDIGAN ChOPON (BORONIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida o‘z tanasida boroniyni ko‘rsa va u podshoh xizmatidagi odam bo‘dsa, uning yaxshi nomi va maqtovi el orasida tarqalishiga dalildir. Agar boroniyni sovuqdan asraydigan libos sifatida kiyganini ko‘rsa, unga din va uning foydalari hosil bo‘lishiga dalildir. Agar uning boroniysi jundan yoki kanopdan yoxud paxtadan bo‘lsa va rangi yashil bo‘lsa, yaxshilikka dalil bo‘ladi. Biroq boroniyning rangi sariq bo‘lsa, kasallikka dalil bo‘ladi. Agar rangi ko‘k bo‘lsa gunoh va ma’siyatga dalildir. Agar uning rangi oq bo‘lsa biror yerdan yetishadigan xayru manfaatga dalildir.

Shohjahon Mahammadjonov

Everything will be ok!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

3 × два =