Tushda ilon | Тушда илон

ILON (MOR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ilon yashirin yomonlikni ko‘zlovchi dushmandir. Tushida uyida ilon yurganini ko‘rsa, oiladagi dushmanni bildiradi. Agar dalada ko‘rsa, begona dushmanga dalildir. Tushida ilon bilan jang qilayotganini ko‘rsa, dushman bilan janjalni bildiradi. Agar ilon unga yopishib olganini ko‘rsa, dushmanni yengolmasligiga
dalildir. Tushida ilon chaqib olganini ko‘rsa, dushmandan zarar topishini bildiradi. Tushida ilonni o‘ldirganini ko‘rsa, dushmanga qahr qilishiga dalildir. Tushida ilonning go‘shtini yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha dushman molini yeyishi, yaxshilik va xurramlik ko‘rishini bildiradi. Agar ilonni ikkiga bo‘lib qo‘yganini ko‘rsa, dushmandan o‘ch olishini bildiradi. Agar o‘sha ikki bo‘lakni qo‘lga olsa, dushman molini qo‘lga olishiga dalildir. Tushida ilon u bilan muloyim ohangda so‘zlashganini ko‘rsa, hayotida uni xurram va shod qiladigan bir ish yuz berishiga dalildir. Agar ilon u bilan qo‘pol va xunuk ohangda so‘zlashganini qo‘rsa, dushman uni yengishiga dalildir. Agar tushida o‘lgan ilonni ko‘rsa, Haq subhonahu va ta’olo yomonlik va ofatdan uni qutqarishiga dalildir. Tushida ilon unga itoatkor ekanini ko‘rsa izzat va uluglik topishiga dalildir. Agar ilon o‘zidan qochganini ko‘rsa zaif dushmanga dalildir. Tushida yashil ilonni ko‘rsa, dushmani dindor va omonatkor ekanini bildiradi.
Tushida qora va boshqa rangdagi ilonlarni ko‘rsa, makkorga dalil bo‘ladi. Tushdagi ilon sariq bo‘lsa, kasalvand dushmanga dalildir. qizil bo‘lsa, o‘yin-kulgi va ishratni sevadigan dushmanga dalildir. Tushida oyog‘i bir ilonni ko‘rsa, kuchli va botir dushmanga dalildir. Tushida oldida ko‘pgina ilonlarning turganini va unga ziyon yetkazayotganini ko‘rsa, dushman o‘z qarindoshlaridan ekaniga dalildir, biroq ular zarar yetkazolmaydilar. Tushida shoxlari va tishlari bor ilonlarni ko‘rsa, dushmanning ginasi va ichi buzuq ekaniga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida ilon uning burnidan, qulog‘idan, emchagidan, olatidan yoki orqasidan chaqib ketganini ko‘rsa, farzandi o‘z dushmani bulishiga dalildir. Agar ilon uning og‘zidan chiqqanini ko‘rsa, o‘ziga zarar bo‘ladigan bir so‘z aytishiga dalildir.
Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushdagi oq ilon dushman bo‘ladi, qora ilon esa lashkarboshini bildiradi. Tushida ilondan qo‘rqib qochganini, biroq ilon uni sezmay qolganini ko‘rsa, orom va xurramlikka dalildir. Tushida ilon uni ushlab olganini, biroq zarar yetkazmaganini ko‘rsa, ulug‘lik topishi va dushmandan omon bo‘lishiga dalildir.
Xalafi Isfahoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yashil ilon unga itoatkor ekanini ko‘rsa, xazina topishiga dalildir. Agar tushida yengidan ilon chiqib ketganini ko‘rsa, farzandi o‘z dushmani bo‘lishiga dalildir. Tushida ilonni o‘ldirib, qonini o‘ziga surkayotganini ko‘rsa, dushman molini topishiga dalildir. Agar yotadigan o‘rnida ilonni o‘ldirsa, xotinining o‘lishini bildiradi. Ilon yoqasi ichidan yoki og‘zidan chiqib, yerga tushganini ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ilon o‘nta narsaga dalildir: yashirin dushmanga; hayotga; salomatlikka; podshohlikka; lashkarboshilikka; xotinga; boylikka; o‘limga; o‘g‘ilga va selga.

Shohjahon Mahammadjonov

Everything will be ok!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

шестнадцать − 8 =