Tushda ishdan olish, ishdan tushish, ishdan ketish | Тушда ишдан олиш, ишдан тушиш, ишдан кетиш

ISHDAN OLISH (AZL) — Azl — ishdan uzoqlashtirishdir.
Agar tushida bir keksani ishdan olganlarini ko‘rsa, xorlik va behurmatlik ko‘rishiga dalildir. Agar yosh yigitni ishdan olsalar, ta’biri yuqoridagining aksidir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar bir ulug‘ kishini ishdan uzoqlaiggirganini ko‘rsa, dinning soz bo‘lishiga dalildir. Agar ishi kasbu maishat bilan bog‘liq bo‘lsa, maishatiga nuqson yetadi.
Agar ishi yomon bir amal bo‘lsa va uni bu amaldan olsalar, qo‘lini yomonlikdan tortishi va yaxshi yo‘lga kirishiga dalildir.

ISHDAN TUSHMOQ (MA’ZUL ShUDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zi ishdan tushsa yoki birov uni ishdan tushirsa, xotinini taloq qilishiga dalildir, agar xotini bo‘lmasa, tijoratda zarar qilishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *