Tushda it, ko’ppak, kuchuk | Тушда ит, куппак, кучук

IT (SAG) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi it pastkash dushmandir, biroq mehribon bo‘ladi. Tushdagi urg‘ochi it pastkash ayol bo‘ladi. Qora it arablarda bo‘lgan dushmanni bildiradi, oq it ajamlik dushman bo‘ladi. Tushida itning o‘ziga qarshi vovullayotganini ko‘rsa, dushmandan yoqimsiz so‘z eshitishiga dalildir. Agar it tishlab olganini ko‘rsa, dushmandan ziyon yetishiga dalildir. Agar libosi itning so‘lagi bilan bulg‘anganini ko‘rsa, dushmandan xasta va xavotirda bo‘lishiga dalildir. Agar it uning libosini yirtganini ko‘rsa, moliga nuqson yetishiga dalildir. Agar itga non berayotganini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Agar it u bilan jinsiy yaqinlik qilganini ko‘rsa, dushman undan tama’ qilishiga dalildir. Agar it unga suyanib olganini ko‘rsa, pastkash dushmanga ishonishi va unga yordam berishiga dalildir. Agar itning sutini ichayotganini ko‘rsa, unga kuchli xavf va qo‘rqinch yetishiga dalildir, u bilan dushman o‘rtasiga xusumat bo‘lishi ham ehtimoldir. Agar it undan qochayotganini ko‘rsa, dushman undan ehtiyotda ekaniga dalildir. Agar urg‘ochi it uyiga kirib kelganini ko‘rsa, pastkash ayolga uylanishiga dalildir. Agar it uning libosini tishi bilan tishlaganini ko‘rsa, unga yoqimsiz bir narsa yetishiga dalildir.
Ismoil Ash’asning aytishicha, tushdagi ovchi it dushmanligi oshkora bo‘lgan dushmandir. Agar it bilan ov qilayotganini ko‘rsa, dushmandan ilm qidirishi va undan xayru barakat topishiga dalildir. Agar ovchi itning go‘shtini yeyayotganini ko‘rsa, meros topishiga dalildir. Agar ovchi itni o‘zidan uzoqlashtirganini ko‘rsa, foydali dushmandan ajrashiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi it to‘rt narsani bildiradi: dushmanni; tamagir podshohni; donishmandni va badfe’l xodimni; chaqimchi odamlarni. IXLOS SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Ixlos surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, din yo‘lida yagona bo‘lishiga va toat tavfiqini topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, din pok va e’tiqodi yaxshi bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, ikki olam saodatini topadi va hayot unga yaxshi bo‘ladi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

1 комментарий

  1. Irgasheva:

    Bitta savolga topomadm javob agar it unga yugurib kelayotgan bo’lsa nma bo’ladidgani

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *