Tushda kema, qayiq | Тушда кема, кайик

KEMA (KESHTIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi kema g‘am va o‘y yoki qamoq yoxud ranj va balo keltiruvchi bir ishga dalildir, xususan, kema daryodan chiqmagan yoki daryo suvi ichida qolgan bo‘lsa.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida kema ichida ekanini va undan sog‘-salomat chiqqanini ko‘rsa, g‘amdan qutilishiga dalildir. Agar tushida kemaning daryodan halok bo‘lganini ko‘rsa, birorta qavm tomonidan xalok bo‘lishiga dalildir.
Agar tushida kemasi yer ustida qolganini ko‘rsa, ranju baloga mubtalo bo‘lishi, oxiri qutilishiga dalildir. Tushida kemaning g‘arq bo‘lganini va o‘zi salomat qolganini ko‘rsa, moli talon-taroj bo‘lishiga, o‘zining sog‘ qolishiga dalildir. Agar tushida kema singanini va barcha g‘arq bo‘lganini ko‘rsa, katta musibatga mubtalo bo‘lishini bildiradi. Tushida kemaning baland joyiga o‘tirib olganini va kema esa suvda yurib ketayotganini ko‘rsa, ulug‘ podshohlardan yaqinlik va izzat hosil bo‘lishiga dalildir. Agar daryo o‘rtasida kemalar ketayotganini ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Uning dengizda (yelkanlari) tog‘lar kabi baland ko‘tarilgan kemalari ham bordir (Ar-Rahmon surasi, 24-oyat). Agar kemada o‘tirganini, bu unga yoqayotganini, kemani yaxshi yurgizayotganini ko‘rsa, g‘amu qayg‘udan qutilib, shod bo‘lishini bildiradi. Tushida kemaning to‘xtab turganini va har tomondan to‘lqin kemaga urilayotganini ko‘rsa, o‘lim xavfi bo‘lgan qiyinchilik unga yuzlanishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . . ular bundan shodlanib turganlarida, qattiq shamol kelib hamda har tomondan to‘lqin kelganda, ular qurshovda qolganlarini bilib: Agar shundan bizni xalos qilsang, albatta, shukr qiluvchilardan bo‘lurmiz! deb ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar. . . (Yunus surasi, 22-oyat). Tushida oldinda kema ketayotganini va u kemaga yeta olmayotganini ko‘rsa, bir og‘ir ishga mubtalo bo‘lishi va oxiri xalos bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: So‘ng Biz (Nuh)ga va kemadagi hamrohlariga najot berdik va uni (barcha) olamlarga ibrat qilib qo‘ydik (Ankabut surasi, 15-oyat). Agar tushida kema yonida dengizga borganini ko‘rsa, safarga borishi va ko‘p foyda va mol topishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: (Ey, insonlar,) Rabbingiz Uning fazlidan (rizq) izlashlaringiz uchun sizlarga dengizda kemalarni yurgizib qo‘ygan zotdir. Darhaqiqat, U sizlarga rahmlidir (Isro surasi, 66-oyat). Agar kemalarning ichida hech narsa yo‘qligini va barchasi bo‘sh ekanini ko‘rsa, podshoh o‘z elchilarini biror yerga jo‘natishiga dalildir. Agar kemalar g‘arq bo‘lganini ko‘rsa, podshoh o‘z elchilarini qaytarishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida kema dengizga cho‘kkanini va kema uniki emasligini ko‘rsa, o‘lim haqida andishasi yo‘qligini bildiradi. Tushida kemada o‘tirganini va podshohdan qo‘rqayottanini ko‘rsa, podshohga yaqin bo‘lishiga va kemaning kattaligi barobarida foyda topishiga dalildir. Agar kemada xavf-xatarsiz o‘tirganini ko‘rsa, podshoxdan unga xavf yetishiga dalildir. Agar tushida dengizdagi kema rang-barang liboslar bilan bezatilganini ko‘rsa, podshohga yaqin bo‘lishini bildiradi. Agar kemaning dengiz tubiga cho‘kib ketganini ko‘rsa, podshohdan unga katta kuch yetishiga dalildir. Agar kema to‘xtab turganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushida kichkina kemada o‘tirganini va kema dengizda yurmay turganini ko‘rsa, g‘amu qayg‘usi ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar kema suvda yurib ketayotganini ko‘rsa, safarga borib, tez qaytib kelishiga dalildir. Agar kemasini quruqlikda turganini ko‘rsa, biror ishda chorasiz qolishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda kema ko‘rish sakkiz narsaga dalildir: farzandga; otaga; xotinga; ulovga; shodlikka; omonlikka; ayshga va badavlatlikka.

Shohjahon Mahammadjonov

Everything will be ok!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *