Tushda lanatlash, qarg’ash, nafratlanish | Тушда ланатлаш, каргаш, нафратланиш

LA’NATLASH, QARG‘ASH, NAFRATLANISH (NAFRIN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida bir zolim odamni la’natlayotgani yoki qarg‘ayotganini ko‘rsa, o‘sha zolim ustidan zafar qazonishiga dalildir. Tushida o‘zining zolim ekanini va mazlum uni qarg‘ayotganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida bir begunoh odamni nohak la’natlayotganini ko‘rsa, birovga zulm qilishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida bir odamga nohaq la’nat o‘qiganini ko‘rsa, ishlariga to‘siq tushishiga dalildir.
Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi nohaq la’natlash qarg‘ash va nafrat tush egasiga qaytuvchidir. Agar qarg‘ashi haq bo‘lsa, qarg‘algan odamga tegadi. Qarg‘ash va nafrat yomon odamdan ko‘ra yaxshi odamga tez ta’sir qiladi.

An-nobulsiy: Kimga tushida biror inson g’azab qilsa yoki u biror insonga nisbatan darg’azab bo’lsa, bu insonlar uchun yomon dalildir. Nafrat va g’azabni yaxshi ko’radigan odamlarning tushida nafratlanishi qalbidagi yaxshilikka dalolat qiladi. Holatga qarab bazida yaxshilikka chaqirib ma’siyatdan bosh tortishga ham dalolat qiladi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *