Tushda maskayog’ | Тушда маскаёг

MASKAYOG‘ (MASKA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi maskayog‘ halol molu ne’mat bo‘ladi. Tushida yog‘ topsa yoki birov unga bersa va u yog‘dan iste’mol qilsa, uning mikdoricha halol boylik topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda maskayog‘idan yeyish to‘g‘ri guvohlik berishni bildiradi. Tushida qo‘y sutidan olingan maskani yesa, molu ne’mat hosil qilishiga, sigir maskasini yesa, o‘sha yil uning uchun muborak bo‘lishiga, uning miqdoricha xayru barakat topishiga dalildir. Umuman, go‘pggi halol bo‘lgan har qanday jonivor sutidan olingan maska halol mol bo‘ladi, go‘shti harom bo‘lsa, harom molga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi maskayog‘ to‘rt narsani bildiradi: halol molni; to‘g‘ri guvohlikni; ilmu donishni va ma’siyatni.

Shohjahon Mahammadjonov

Everything will be ok!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

четырнадцать − одиннадцать =