Tushda momaqaldirol | Тушда момакалдирок

MOMAKALDIROQ (TUNDAR) Tundar forscha bo‘lib, arab tilidagi ra’d (momaqaldiroq)ni bildiraDi. Tushda momaqaldiroqni ko‘rmoq amaldorlar yoki avom xalqiga yetadigan xavfni bildiradi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar momaqaldiroqni yomg‘ir bilan birga ko‘rsa, odamlarga yetadigan xavf va vahima kamroq bo‘ladi, ne’mat va yaxshilik esa ko‘proq bo‘ladi. Agar yomg‘irning shiddat bilan yog‘ayotganini va momaqaldiroqning dahshat bilan o‘kirayotganini ko‘rsa, tush ko‘ruvchiga yetadigan qo‘rqinch ota-onaning duosidan ekaniga dalildir. Agar momaqaldiroqning ovozi past, yomg‘ir esa oz ekanini ko‘rsa, yetadigan qo‘rqinchli ish o‘z ahlidan yoki zohid va solih kishilarning duolari sababidan ekanligiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi momaqaldiroq besh narsaga dalildir: azobga; hikmatga; zahmatga; savlatga va podshohning g‘azabiga.
Agar momaqaldiroq ovozini yomg‘ir yog‘ayotgan paytda eshitsa, o‘sha diyorda xayru barakat yuz berishiga dalildir. Agar yomg‘irni, momaqaldiroq va chaqmoqni ko‘rsa, o‘sha diyor ahliga podshohdan qo‘rqinch va xavf yetishini bildiradi. Agar yomg‘ir bilan birga do‘l yog‘ayotganini ko‘rsa, o‘sha diyorda fitna, azob va halokat yuz berishini bildiradi. Agar momaqaldiroqning qattiq guldirashini eshitsa, podshohning haybati o‘sha diyorga yoyilishini bildiradi. Agar momaqaldiroq va chaqmoq birga bo‘lib, havoning qorong‘ulashib ketganini ko‘rsa, sitamgar podshohning paydo bo‘lishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *