Tushda og’iz | Тушда огиз

OG‘IZ (DAHON) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi og‘iz ishlarning kaliti, ishlarning xotimasidir, og‘zidan chiqqan har bir narsa, agar yaxshi bo‘lsa, gavhar va kalomga, agar yomon bo‘lsa, dunyosiga dalil bo‘ladi. Og‘izdagi narsa karohiyatli (yoqimsiz) bo‘lsa, hayotdagi mehnat va ranjga dalildir, og‘izdagi narsa shirin va tomog‘idan osonlik bilan o‘tadigan bo‘lsa, hayotdagi ayshu rohatga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida og‘zining qattiq yopilib qolganini ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir. Tushida og‘zining arpa yoki bo‘g‘doy uni bilan to‘ldirilganini ko‘rsa, ajali yaqin qolganini bildiradi. Tushida og‘zining katta bo‘lib qolganini, unga ko‘p ovqat sig‘ayotganini ko‘rsa, uning mikdoriga qarab molu ne’mat topishini bildiradi. Tushida og‘zini yaxshi va soz holda ko‘rsa, yaxshi so‘zlar eshitishiga dalildir. Tushida og‘zining go‘pgglari tushib ketganini ko‘rsa, ziyon yetishini bildiradi. Tushida og‘zidan qon kelayotganini ko‘rsa, birov bilan so‘zlashuvini bildiradi.
Ismoil Ash’as (r.a.) aytadiki, tushida og‘zidan qurt yoki biror jonivorning chiqqanini ko‘rsa, ayollarining biridan judo bo‘lishini bildiradi. Tushida og‘zidan iflos narsa chiqqanini ko‘rsa, biror yerga olib borgan narsasi minnat tufayli botil bo‘lishini bildiradi. Tushida og‘zidan marvaridlar chiqayotganini va odamlar terib olayotganini ko‘rsa, odamlar uning ilmidan bahramand bo‘lishlarini bildiradi. Tushida kimdir uning og‘ziga muhr bosganini ko‘rsa va uning kim ekanini bilmasa, rasvo bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Bu Kunda Biz ularning og‘izlarini muhrlab qo‘yurmiz. Bizga ularning qilib o‘tgan ishlari haqida qo‘llari so‘zlab, oyoqlari guvohlik be-rur (Yosin surasi, 65-oyat).
Hofiz Mu’abbir (r.a.) aytadiki, tushida og‘zidan biror yaxshi narsaning chiqqanini ko‘rsa, ma’nodor yaxshi so‘z aytishiga dalildir. Buning aksini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Tushida og‘ziga bir narsa solganini va u yaxshi narsa ekanini ko‘rsa, halol narsa yeyishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda og‘zini ko‘rish yetti narsaga dalolat qiladi: manzilga; xazinaga; ishlarning yurishib ketishiga; molga; hojatga; vazirga; darvozabonga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *