Tushda oshiq, oyoqning to’piq suyagi | Тушда ошик, оёкнинг тупик суяги

OSHIQ, TO‘PIQ SUYAGI (KA’B) Ibn Sirin (r.a )ning aytishicha, tushdagi oshiq maqom (joy)ni bildiradi. Tushida oshiq o‘ynaganini ko‘rsa, jang va xusumatga dalildir. Tushida ko‘pgina oshiq suyaklariga ega bo‘lsa, uning mikdoricha g‘amu anduh yetishiga dalildir. Agar tushida oshiq (to‘piq) suyagi singanini ko‘rsa, farzandining o‘lishiga yoki birorta nizoga olib boradigan g‘amga dalildir. Ikki to‘piq suyagi makr va hiyla bo‘ladi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida oshiq suyagi bilan o‘ynash ojiz dushman hamda xusumatni bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi to‘piq suyagi besh narsani bildiradi: maqomni; ayolni; farzandni; molni; so‘zlashuvni.
Tushida birorta go‘shti halol hayvonning to‘pig‘iga egaligini ko‘rsa, halol molga dalildir, agar go‘shti harom hayvonnikini ko‘rsa, harom molga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *