Tushda pari | Тушда пари

PARI Bilginki, ta’birchilar pari haqida muxollif fikr bayon qiladilar. Ba’zilari dushman desalar, ba’zilari baxt deydilar, ba’zilari esa qilib turgan ishida murod hosil bo‘lishiga dalil bo‘ladi deydilar.
Abu Xurrayra (raz.a.) aytadiki, Rasululloh sollallohuu alayhi va sallamdan rivoyat qilishlaricha, tushda parini ko‘rmoq davlat va ulug‘lik bo‘ladi. Unga do‘stlik qilmoq va u bilan so‘zlashmoq shodu xurramlikka dalildir.
Muhammad ibn Sirinning aytishicha, tushida parini ko‘rsa va pari xushhulq shodmon va chiroyli bo‘lsa, izzat va davlatga dalildir, agar uni xunuk va g‘amgin holda ko‘rsa, g‘amu qayg‘uga dalildir. Agar parini o‘lik holda ko‘rsa, ishlarini yomon bo‘lishini bildiradi. Agar pari bilan jang qilayotganini ko‘rsa, ishlarida qiyinchilik yuz berishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi musulmon parilar, do‘stlarning diydorini, baxt va davlatni bildiradi. Kofir parilarini ko‘rmoq dushman diydoridan bo‘yintovlash hamda anduhga dalildir.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, agar kishi o‘zini parilar orasida ko‘rsa, safarga boradi va bu safar uning uchun muborak bo‘ladi. Agar pari uni bo‘yniga o‘tqazib, olib ketayotganini ko‘rsa, izzat va obro‘ hamda ulug‘likka dalildir. Agar pari uni gardanidan otib yuborganini ko‘rsa, obro‘-e’tiboridan tushadi. Parilar u bilan muloyim so‘zlashayotganini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar parini chiroyli libosda ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi.
Agar parini kir libosda ko‘rsa, ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir. Agar pari unga oltin, kumush yoki shunga o‘xshash narsalardan berganini ko‘rsa, davlatu iqboli ziyoda bo‘lishini bildiradi.
Jobir ag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar parini bemor yoki o‘lik holda ko‘rsa, ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir. Agar parilar podshohi uni e’zoz qilayotganini ko‘rsa, davlatu iqbol topishiga dalildir. Agar pari unga o‘z joyini ko‘rsatsa va o‘zini unga topshirsa va gohida ko‘zdan pinhon bo‘lsa, biror ayolning unga makr va xiyonat qilishiga dalil bo‘ladi. Agar parilarning uyiga borib qolsa, ularni tanisa va bemalol ko‘rayotgan bo‘lsa, musofirlikka .ushishi va ko‘p shaharlarni ko‘rishini bildiradi. Agar pari uni olib ketayotganini ko‘rsa, umid qilmagan joydan murodi hosil bo‘lishiga dalil bo‘ladi.
Ja’far Sbdiq (r.a.) aytadiki, tushda parini ko‘rmoq besh narsani bildIradi: bir aziz do‘stni; baxtu davlatni; murodi hosil bo‘ladigan ishni; ulug‘lik va e’tiborni; yolg‘on xabar va botil ishlarni.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *